Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangihayot tumani hokimligi tashkil etildi

Yangihayot tumani hokimligi tashkil etildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident qarori (PQ-4888-son, 11.11.2020-y.) bilan Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumani hokimligi tashkil etildi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Yangihayot tumaniga o‘tkazilgan hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning pochta manzili ulardan ariza yoki ma’lumot talab qilmagan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron tizim orqali bepul o‘zgartiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Yangihayot tumani Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2020-yil sentyabrdagi tegishli qarorlari asosida tashkil etilgan.

Hujjat haqidagi to‘liq ma’lumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring