Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Yangiobod» bozorida yong‘in sodir bo‘ldi

«Yangiobod» bozorida yong‘in sodir bo‘ldi

Foto: FVV

16-oktyabr kuni soat 22:55 da Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Yashnobod tumanida joylashgan «Yangiobod» bozori hududida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Bu haqda FVV xabar bermoqda.

Foto: FVV

Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligining yong‘in-qutqaruv guruhlari yetib borib, yong‘inni o‘chirishga kirishgan. Yong‘in bir necha daqiqada o‘chirilgan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, bozor hududida yig‘ilgan chiqindilar yonib ketgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring