Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiya supero‘yin, Belgiya esa iroda ko‘rsatdi

Yaponiya supero‘yin, Belgiya esa iroda ko‘rsatdi

Bir necha daqiqa oldin jahon chempionati nimchorak final o‘yinlari doirasidagi Belgiya va Yaponiya terma jamoalari o‘rtasidagi supero‘yin yakunlandi.

Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi. Ammo ikkinchi bo‘lim jahon chempionatining bezagi bo‘lgan o‘yin taymga aylandi.

Dastlab, to‘rt daqiqa ichida yaponlar ikki bor Kurtua darvozasini zabt etdilar. Samuraylar ko‘rsatayotgan ajoyib o‘yin ularni tarixda ilk bor chorak finalga olib chiqadigandek, edi go‘yo. Ammo Roberto Martinesning taktikasi barchasini o‘zgartirib yubordi.

Belgiya bosh murabbiyi Fellayni va Shodlini maydonga tushirgach, barchasi o‘zgarib ketdi. Vertongenning bosh bilan urgan goli hisobni qisqartirdi, keyin esa Azarning ajoyib to‘p oshirishini Fellayni boshi bilan yakuniga yetkazdi.

Barchasi qo‘shimcha taymlar sari ketayotgan bir pallada Shodli terma jamoasining tezkor qarshi hujumini gol bilan yakunladi. Bu vaziyatda APL yulduzlari de Bryuyne va Lukaku asosiy rolni o‘ynab berdilar.

Shu tariqa Yaponiya terma jamoasi shu bosqichdan uyga qaytadigan bo‘ldi. Belgiya esa chorak finalda Braziliya terma jamoasi bilan kuch sinashadi.

Belgiya – Yaponiya 3:2 (0:0, 3:2)
Gollar: 0:1 – 48 Xaraguti, 0:2 – 52 Inui, 1:2 – 69 Vertongen, 2:2 – 74 Fellayni, 3:2 – 90 Shodli.
Belgiya – Kurtua, Alderveyreld, Kompani, Vertongen, Mene, de Bryuyne, Vitsel, Ferreyra Karrasko (Shodli, 65), Mertens (Fellayni, 65), Azar, Lukaku.
Yaponiya – Kavasima, Sakai, Yosida, Sedzi, Nagatomo, Xasebe, Sibasaki (Yamaguti, 81), Xaraguti (Xonda, 81), Kagava, Inui, Osako.
Ogohlantirish: Sibasaki (40).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring