Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaponiyada tarixiy jazirama: havo harorati 41,1 darajaga chiqdi

Yaponiyada tarixiy jazirama: havo harorati 41,1 darajaga chiqdi

Foto: «korrespondent.net»

Yaponiyada, Tokioning shimolidagi Kugayama shahrida havo harorati 41,1 darajagacha ko‘tarildi. Bu mamlakat tarixidagi eng issiq ob-havo ekani aytilmoqda. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Kunchiqar mamlakatda joriy oy boshidan beri davom etayotgan jazirama kamida 25 kishining yostig‘ini quritgan.

Yaponiya axborot agntligi «Kyodo»ning yozishicha, poytaxt shimolidagi Kugayama shahrida bugun termometrlar 41,1 darajani ko‘rsatgan. Nagoya shahrida jazirama 39, Tokioda esa 37 daraja kuzatilyapti.

Dam olish kunlari jazirama tufayli Yaponiyada 11 kishi halok bo‘ldi.

Shanba kuni «Tez yordam» mashinalari 3099 marta chaqirilib, rekord o‘rnatgan.

Janubiy Koreyada ham issiq ob-havo hukmronlik qilyapti. Poytaxt Seul shahrida kunduzi eng past havo harorati 29 daraja.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring