Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaponiyaga «Shanshan» to‘foni yopirildi

Yaponiyaga «Shanshan» to‘foni yopirildi

Foto: Sigma Earth

29-avgust tongida «Shanshan» to‘foni Yaponiya janubi-g‘arbidagi Kyusyu oroliga yetib keldi. Meteorologiya agentligi ma’lumot berishicha, to‘fon shimol tomon soatiga 15 km tezlikda harakatlanmoqda. Kyusyu janubida juma kuni yog‘in miqdori 1100 mm gacha yetishi kutilmoqda — bu yillik me’yorning taxminan yarmiga teng, deb yozdi The Guardian.

«Shanshan» to‘foni oqibatida kamida 54 kishi jabrlandi, deya xabar berdi NHK. Nashrga ko‘ra, Kagosima ko‘rfazida qayiqdan suvga yiqilgan 60 yoshli erkak bedarak yo‘qolgan. Oroldagi ayrim prefekturalarda, jumladan, 400 ming kishi yashovchi Miyadzakida evakuatsiya e’lon qilingan.

Kuchli yomg‘ir oqibatida Gamagori shahrida (Xonsyu oroli, Ayti prefekturasi) yer o‘pirilib, uy vayron bo‘lgan. Buning oqibatida uch kishi halok bo‘lgan, ikki kishi jarohatlangan, deyiladi NBC News xabarida.

Yaponiya tabiiy ofatlarga qarshi kurashish vaziri Yosifumi Matsumura ogohlantirishicha, «Shanshan» misli ko‘rilmagan kuchli shamol va yomg‘ir, baland to‘lqinlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring