Yaxshiboyev «Real»ga gol urdi va Madriddan sensatsion natija bilan qaytdi! (video)
Chempionlar Ligasi 2-turida Moldovaning «Sherif» klubi Madridda «Real»ni dog‘da qoldirib qaytdi.
Birinchi bo‘limda o‘zbekistonlik Jasur Yaxshiboyev bosh zarbasi bilan Kurtua darvozasini ishg‘ol qildi. Ikkinchi bo‘limda Karim Benzema muvozanatni tiklagan bo‘lsa, o‘yin oxirida Sebastyan Till «Sherif»ga tarixiy g‘alabani taqdim etdi.
YeChL. 2-tur. D guruhi
Real — Sherif 1:2
28 sentyabr, «Santyago Bernabeu»
Gollar: Benzema (65, penalti) — Yaxshiboyev (25), Till (89).
Real – Kurtua, Nacho (Rodrigo, 66), Alaba, Militao, Migel (Kroos, 66), Kazemiro (Modrich, 66), Valverde, Kamavinga, Benzema, Azar (Yovich, 66), Vinisius.
Sherif – Atanasiadis, Fernando, Arboleda, Dulanto, Kristiano, Kolovos (Nikolov, 90+2), Till, Addo, Traore, Kastaneda (Julen, 78), Yaxshiboyev (Bruno, 57).
Ogohlantirishlar: Arboleda (17), Kazemiro (39), Addo (45), Dulanto (46), Yovich (81), Till (90).
Shunday qilib, Jasur Madridda gol urgan birinchi o‘zbekistonlikka aylandi.
«Sherif» 6 ochko bilan yakkapeshqadamga aylandi. 3 ochkoga ega «Real» 2-o‘rinda. «Inter» va «Shaxtyor» hisobida 1 ochkodan mavjud.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter