Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi.

Yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi.

Foto: Gff.co.uk

Portugaliyaning Vizeu shahrida o‘tkazilgan an’anaviy xalqaro tanlovda 2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi.

Tashkilotchilar bergan ma’lumotga ko‘ra, 47 mamlakat taqdim etgan 4 786 dona pishloq hakamlar hay’atining 240 nafar xalqaro eksperti tomonidan baholandi.

G‘oliblik qo‘y sutidan tayyorlangan Queijo de Ovelha Amanteigado pishlog‘iga berildi. Bu pishloq Portugaliyaning Sualeyra shahridagi 10 kishi ishlovchi kichik fermada tayyorlangan.

Foto: Gff.co.uk

Hakamlar pishloqlarni tashqi ko‘rinishi, hidi, ta’mi va teksturasiga qarab baholashdi. Ulardan biri g‘olib-pishloqni «oqsil va yog‘ning ajoyib uyg‘unligi» deya ta’rifladi.

Tanlovning final bosqichiga Portugaliya, Braziliya, AQSh, Norvegiya, Italiya, Germaniya va Ispaniyaning 14 ta pishlog‘i yetib keldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring