Yirik kanallarni betonlashga budjetdan 680 mlrd so‘m ajratilgan
Shavkat Mirziyoyev bugungi yig‘ilishda 75 ta yirik kanalni betonlashga budjetdan 680 milliard so‘m ajratilganini, asosiy maqsad eng ko‘p suv yo‘qotiladigan kanallarni sug‘orish davri boshlanishigacha betonlashdan iborat ekanligini ta’kidladi.
«Lekin, Qashqadaryodagi loyihasi tayyor 9 ta kanalni beton qoplamaga o‘tkazish ishlari bor-yo‘g‘i 34 foizga bajarilgan. Yoki, Sirdaryodagi 3 ta kanalda betonlash bo‘yicha bajarilgan ishlar 10 foizga ham yetmaydi», – dedi davlat rahbari.
Prezident hamma kuchni to‘liq safarbar qilib, vegetatsiya davri boshlanguncha betonlash ishlarini yakunlash, kanallar atrofida daraxt ekish zarurligini ta’kidladi.
Suv yo‘qotishlarini kamaytirish va suvni tejab ishlatish Suv xo‘jaligi vazirligining eng asosiy vazifasi ekani qayd etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter