Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yo‘nalishli taksilar faoliyatiga ruxsat berildi

Yo‘nalishli taksilar faoliyatiga ruxsat berildi

Foto:«Xabar.uz»

Respublikada karantin talablarini qisqartirish maqsadida Davlat Rahbari tomonidan berilgan ko‘rsatmalarga muvofiq Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori bilan quyidagilar ruxsat berildi:

Birinchidan, 2020-yil 5-sentyabrdan boshlab:

yo‘nalishli taksida («Damas» rusumli yengil avtomobillari bundan mustasno) yo‘lovchi tashish faoliyatiga. Bunda ushbu ob’yektlar quyidagi sanitariya talablariga rioya etishi talab etiladi:

- yo‘nalishli taksi faoliyati davomida karantin qoidalariga rioya etgan holda har qatnovga chiqishdan oldin haydovchilarning tana harorati pirometrlarda o‘lchanib, 37 daraja va undan yuqori bo‘lgan holatda ularning transport vositasini boshqarishiga yo‘l qo‘ymaslik, ularning tibbiy niqob va qo‘lqopda bo‘lishini ta’minlash;

- yo‘nalishli taksida yo‘lovchilarning tibbiy niqobda bo‘lishini, tibbiy niqob bo‘lmagan holatda ularning transport vositasiga chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik;

- transport vositasi doimiy ravishda har qatnovga chiqishdan oldin (shu jumladan, har bir o‘rindiqni) to‘liq dezinfeksiyadan o‘tkazilishini ta’minlash.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring