Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yor-yor» ko‘rsatuvining ijtimoiy mazmunini kuchaytirish bo‘yicha chora ko‘rilmoqda

«Yor-yor» ko‘rsatuvining ijtimoiy mazmunini kuchaytirish bo‘yicha chora ko‘rilmoqda

Joriy yilning 25 noyabr kuni O‘zEOAVMA Bosh direksiyasi va Ekspertlar kengashining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zEOAVMAga a’zo tele va radio kanallar rahbarlari, bosh muharrirlari, ijodiy xodimlari, agentlikning ekspertlar kengashi a’zolari, Toshkent shahri «Nuroniy» jamg‘armasi, Mahalla hamda oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi mas’ul xodimlari yig‘ilishda ishtirok etdi.

Kun tartibidan O‘zEOAVMAga a’zo tele va radio kanallarda media mahsulotlar tayyorlashda ma’naviy-ma’rifiy tarbiyani yanada kuchaytirish, oila qadriyatlarini, xalq an’analarini ko‘rsatuvlar mazmuniga chuqur singdirish, ayniqsa, mahallarada olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun va mohiyatini ochib berish singari masalalar o‘rin oldi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, mahallalarga berilayotgan yuksak e’tibor bir qator informatsion va ijtimoiy loyihalarda yoritib kelayotganligi yig‘ilish davomida ta’kidlandi.

Shu bilan birga so‘zga chiqqanlar tomonidan tele va radio kanallarda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, mavjud muammolar aytilib, badiiy kengashlar faoliyatini tubdan kuchaytirish, mas’ul xodimlarning malaka va mas’uliyatini oshirish borasida takliflar bildirildi.

«Bugungi kunda aholining katta qismi telekanallardan axborot olayotgani, ayniqsa nodavlat telekanallarni tomosha qilayotganini e’tirof etish lozim. Shu bilan birga oilaviy munosabatlar va maishiy mavzulardagi ayrim ko‘rsatuvlarda xalqimiz qadriyatlari va urf-odatlariga u qadar mos bo‘lmagan holatlar aks etilmoqda. Oilalar mustahkamligi, ajralishlarning oldini olish va farzand tarbiyasida ota-onalarning mas’uliyatini kuchaytirish singari mavzularga e’tibor qaratish lozim», — dedi Oliy Majlis Senati a’zosi, Toshkent shahar «Nuroniy» jamg‘armasi kengashi raisi R.Kalonov.

«Oilaviy munosabatlar haqida tayyorlanayotgan ko‘rsatuvlarga jamoatchilik va mutasaddi vazirlik va idoralar mas’ullarini ko‘proq jalb etish lozim. Xususan, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarur», — dedi «Sevimli TV» Bosh muharriri Q.Saydaliyev.

«Keyingi paytda «Yor-yor» ko‘rsatuvining ijtimoiy mazmunini ko‘chaytirish bo‘yicha bir qator choralar ko‘rilmoqda. Mamlakatimiz jamoatchiligi va tomoshabinlar bildirayotgan taklif va tavsiyalar albatta inobatga olinadi», — deya aytib o‘tdi «ZO‘R TV» telekanali bosh muharriri F.Yusupova

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi mas’ul xodimi T.Kadirova oila va mahalla mavzusidagi ko‘rsatuvlarda vazirlik ekspertlari va mutaxassislari ishtirok etishga tayyor ekanini bildirib, O‘zEOAVMAga a’zo barcha teleradiokanallar bilan hamkorlikda yangi loyihalar tayyorlashga kelishib olinganini ta’kidladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring