Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yosh bolaning bo‘yniga sirtmoq tortib qiynagan shaxs aniqlandi

Yosh bolaning bo‘yniga sirtmoq tortib qiynagan shaxs aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda «yosh bolalarni qiynayotgan shaxs» videosi tarqatilib, muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Videoda bir shaxs yosh bolalarni bo‘yniga sirtmoq solib bo‘g‘ib ko‘tarayotgani, yerda yotganda tepgani va ko‘tarib uloqtirib yuborgani va boshqa g‘ayriinsoniy qiynoqlar ishlatayotgani ko‘rinadi.

Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, ushbu fuqaroning shaxsi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat nazoratga olingan. Tafsilotlar bo‘yicha batafsil axborot beriladi, deyiladi rasmiy xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring