Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yoshlar tadbirkorligi uchun qulay moliyalashtirish paketlari joriy qilinadi

Yoshlar tadbirkorligi uchun qulay moliyalashtirish paketlari joriy qilinadi

Davlat rahbari yoshlar bilan muloqotda har yili 600 ming yoshlar mehnat bozoriga kirib kelayotgani, 2030-yilga borib, ular 1 millionga yetishini ta’kidladi. Yoshlarga o‘ziga mos ish topishi uchun sharoit yaratish – eng muhim masala ekani qayd etildi.

Aytilishicha, yoshlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilib, ularning uchdan biri tadbirkor bo‘lish istagini bildirgan. O‘tgan yili yoshlar bandligini ta’minlash uchun banklar va Yoshlar ishlari agentligiga 400 million dollar berilgan edi. Xususan, «Yoshlar biznesi», «Kelajakka qadam» dasturlari hisobidan 15 ming nafar yoshlar o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ydi, 50 ming odamni ish bilan ta’minladi.

Prezidentimiz yoshlar tadbirkorligi uchun qo‘shimcha 200 million dollar ajratilishini e’lon qildi.

O‘zini o‘zi band qilgan yoshlar uchun kredit miqdori 100 milliondan 300 million so‘mgacha oshiriladi. Yosh tadbirkorlar loyihalari uchun 10 milliard so‘mgacha kredit ajratish (hozir 5 milliard so‘mgacha) mumkin bo‘ladi. Innovatsion startap loyihalariga 100 ming dollargacha investitsiya kiritishga ruxsat beriladi.

Servis va umumiy ovqatlanish sohasida 1 mingdan ziyod ish o‘rni yaratgan mahalliy brendlardan franshiza olib, filial ochishga qiziqayotgan yoshlar uchun qulay moliyalashtirish paketlari joriy qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring