Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yovvoyi hayvonlar ko‘zguda aksini ko‘rsa nima qiladi? (video)

Yovvoyi hayvonlar ko‘zguda aksini ko‘rsa nima qiladi? (video)

Skrinshot

Zoologlar Amazoniyaning «Madre de Dios» tropik o‘rmonida o‘rnatgan ulkan ko‘zgu yovvoyi hayvonlar va qushlarning e’tiboridan chetda qolmadi. Bu jarayon qanday kechayotganini aniqlash uchun ko‘zgu atrofiga kameralar o‘rnatildi va bir necha oyga qoldirildi.

Yashirin kameralar ko‘rsatishicha, o‘z aksini ko‘rgan jonivorlarda reaksiya har xil kechadi.

Masalan, «raqiblar»ni ko‘rgan yovvoyi cho‘chqalar qochib qolishdi, aksincha, bir qush chaqirilmagan mehmonning adabini berib qo‘yishga urindi. Yakka yurgan otselot juda ehtiyotkor ekan, shekilli, kutilmagan uchrashuvdan o‘zini olib qochdi. Faqat puma va yaguargina bu yerda kim aslida kimligini ko‘zgudagi aksiga isbotlashga uringan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring