Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yuk va yo‘lovchi tashishda avtotransportlarga yo‘l varaqalari elektron yuritiladi

Yuk va yo‘lovchi tashishda avtotransportlarga yo‘l varaqalari elektron yuritiladi

2024-yil 1-apreldan 2024-yil 1-oktyabrgacha Yuk va yo‘lovchilarni tashishda avtotransportlarga yo‘l varaqalarini elektron rasmiylashtirish va yuritish tizimini joriy etish bo‘yicha tajriba-sinov loyihasi amalga oshiriladi.

Ushbu tartib Hukumatning joriy yil 22-yanvarda qabul qilingan «Yuk va yo‘lovchilarni tashishda avtotransport vositalariga yo‘l varaqalarini elektron shaklda rasmiylashtirish va yuritish tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi qarorida belgilab qo‘yildi.

Qarorga ko‘ra, bu davrda:

  • elektron yo‘l varaqalari Transport vazirligining «Uztrans» yagona interaktiv axborot tizimining «Elektron yo‘l varaqa» avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali rasmiylashtiriladi va yuritiladi;
  • elektron yo‘l varaqalari avtomobilda yuk va yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar tomonidan mustaqil rasmiylashtiriladi;
  • yo‘l varaqalarining qog‘oz shaklidan foydalanishni cheklamagan holda uning elektron ko‘rinishiga bosqichma-bosqich o‘tiladi;
  • elektron yo‘l varaqalari tizimi shaxsiy yengil avtomobilida yo‘nalishsiz taksi sifatida yo‘lovchilarni tashish bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar uchun amal qilmaydi;
  • mazkur tizim platformasini yaratish, joriy etish va unga xizmat ko‘rsatish uchun manfaatdor tashkilotlar (milliy operatorlar) tanlov asosida jalb etilishi mumkin;
  • tizimdan foydalanganlik uchun yig‘im undirilmaydi.

Avtomobilda yuk va yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar uchun elektron yo‘l varaqalari tizimi platformasi joriy etilishi nazarda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring