Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Yuventus» Ronalduni tanishtirdi

«Yuventus» Ronalduni tanishtirdi

Foto: «juventus.com»

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu Italiyaning «Yuventus» klubi tomonidan rasman tanishtirildi.

Futbol yulduzi yangi klubida 7-raqam ostida harakat qiladi. U jamoa bilan 4 yillik shartnoma imzolagan, shartnomaga ko‘ra unga yiliga 30 million yevro miqdorida maosh to‘lanadi.

Foto: «juventus.com»

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronalduning «Real» klubidan «Yuventus»ga transferi 10-iyul kuni e’lon qilingan edi. Transfer narxi 110 million yevro.

E’tiborlisi, «Yuventus» Krishtianu Ronalduning nomi yozilgan futbolkalarni birinchi kundayoq 520 mingta dona nusxada sotgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring