Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiy rossiyaliklarga murojaat qildi

Zelenskiy rossiyaliklarga murojaat qildi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya fuqarolariga murojaat yo‘lladi.

«Rossiyaning safarbarlik to‘g‘risidagi qarori — o‘nlab yillar davomida xorijiy davlatni bosib olishga tayyor bo‘lgan shaxsiy armiyasi bunga dosh bera olmagani va parchalanib ketganini ochiq tan olishdir. Endi safarbarlik tufayli Rossiya fuqarolarining aksariyati uchun Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi televizor yoki internetdagi tomosha emas, balki har bir rus uyiga kirib borgan fojiadir.

Olti oy ichida ushbu urushda 55 ming rus askari halok bo‘ldi. O‘n minglab kishi yarador va majruh bo‘ldi. Yanada ko‘prog‘ini istaysizmi? Yoki yo‘qmi? Unda norozilik bildiring. Kurashing. Qochib keting. Yoki Ukrainaga kelganda taslim bo‘ling. Bular omon qolish yo‘llaridir», dedi Vladimir Zelenskiy.

Eslatib o‘tamiz, 21 sentabrda e’lon qilingan safarbarlik doirasida Rossiya Mudofaa vazirligi 300 ming zahiradagi askarni chaqirish rejasini e’lon qildi. OAV xabarlariga ko‘ra, prezidentning safarbarlik to‘g‘risidagi farmonidagi maxfiy bandda bir milliongacha kishi armiyaga chaqirilishi mumkinligi aytilgan. Ammo buni Kreml rad etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring