Zelenskiy Vashingtonga bormoqchi – Axios
Tramp Zelenskiy va Yevropa yetakchilari bilan 1,5 soatdan ko‘proq suhbatlashdi, ularni Putin bilan uchrashuvi haqida xabardor qildi.
«Rossiya-AQSh sammitidan keyin Tramp, Zelenskiy va NATO yetakchilari o‘rtasidagi suhbat «qiyin» kechdi», – deb yozadi Axios jurnalisti.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Zelenskiy dushanba kuni Tramp bilan uchrashish uchun Vashingtonga bormoqchi.
Tramp Zelenskiy va NATO yetakchilari bilan suhbatda «tezkor erishiladigan tinchlik kelishuvi o‘t ochishni to‘xtatishdan ko‘ra yaxshiroq» ekanini aytgan.


Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting
Kiriş
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter