Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rganlar uchun tibbiy markaz tuzildi

Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rganlar uchun tibbiy markaz tuzildi

Ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy-maishiy zo‘rlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.

Qarorga muvofiq, ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy-maishiy zo‘rlik ishlatishning oldini olish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish respublika markazi tuzildi. Bosqichma-bosqich viloyat, tuman (shahar)larda markaz faoliyatini tashkil etiladi.

Og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan, shu jumladan, oilaviy muammolar va turmushida zo‘rlik ishlatilishiga duch kelgan shaxslarga anonim tarzda shoshilinch tibbiy, ruhiy, ijtimoiy, pedagogik, huquqiy va boshqa yordam ko‘rsatish markazning asosiy vazifasi hisoblanadi.

Shu maqsadda fuqarolar bilan o‘zaro aloqani amalga oshirish, shoshilinch ruhiy, psixoterapevtik, huquqiy yordam ko‘rsatish uchun qisqa raqamli «ishonch telefoni» joriy etiladi.

Adliya vazirligiga «Maishiy zo‘rlik ishlatishning oldini olish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ishlab chiqish vazifasi yuklandi.

Qonun bilan, shu jumladan, maishiy zo‘rlik oqibatida jabrlanganlar bilan muloqot qilishga, ularning ish, o‘qish, yashash joyiga borishga taqiqlar qo‘yishni va ularni himoya qilish bo‘yicha boshqa chora-tadbirlarni nazarda tutadigan himoyaviy ko‘rsatmalar instituti joriy etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring