Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Shaytanat»dagi «Abdurahmon tabib» obrazi ijrochisi vafot etdi

«Shaytanat»dagi «Abdurahmon tabib» obrazi ijrochisi vafot etdi

«Shaytanat» filmidan skrinshot.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, Do‘stlik ordeni sohibi Muhammad Rafiqov 81 yoshida olamdan o‘tdi.

Muhammad Rafiqov qator obrazlari bilan tomoshabinlar e’tiboriga tushgan. Jumladan, «Bobur»da Shayboniyxon, «Kecha va kunduz»da Akbarali mingboshi, «Imom al-Buxoriy»da Imom Buxoriy , Sohibqiron»da Amir Temur, «Shaytanat»da Abdurahmon tabib,«Hakim va ajal»da Ibn Sino kabi esda qolarli obrazlar yaratgan.

Marhumning oila a’zolariga chuqur hamdardlik izhor etamiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring