Sobiq bosh prokuror Rashidjon Qodirov mahbuslar shifoxonasiga yotqizildi
Bir necha kun muqaddam ayrim xorij ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasining sobiq bosh prokurori Rashidjon Qodirov xalq tilida «Sangorod» deb ataladigan mahbuslar davolanadigan koloniyada davolanayotgani haqida xabarlar tarqatilgan edi. Ushbu xabarlarni «Xabar.uz»ning ichki ishlar vazirligi tizimidagi manbasi tasdiqladi.
Ma’lum bo‘lishicha, Rashidjon Qodirov taxminan ikki hafta oldin qon bosimidan aziyat chekib, «Sangorod»ga yotqizilgan. Hozirgi paytda uning ahvoli barqaror ekani aytilmoqda.
Shu yilning 22-fevralda hibsga olingan Qodirov bosh prokuratura rasmiy xabariga ko‘ra, tovlamachilik, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish va pora olish moddalari bo‘yicha ayblanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter