Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyaning yetakchi nashrlaridan biri O‘zbekiston haqida maqola e’lon qildi

Yaponiyaning yetakchi nashrlaridan biri O‘zbekiston haqida maqola e’lon qildi

Yaponiyaning yetakchi nashrlaridan biri – The Japan News gazetasida «O‘zbekiston chorrahada: Qanday qilib Toshkent Markaziy Osiyoda yangi davrni shakllantirmoqda va bu Yaponiya uchun nimani anglatadi?» sarlavhali maqola e’lon qilindi.

Maqolada O‘zbekistonning bugungi roli va kelajagi Yaponiya nigohidan chuqur tahlil qilingan. Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Markaziy Osiyoda mintaqani birlashtirayotgan lokomotiv davlat sifatida namoyon bo‘lmoqda. Xususan, mintaqa yetakchilarining muntazam uchrashuvlari, chegaraviy kelishuvlar, infratuzilma va savdo integratsiyasi alohida urg‘u bilan qayd etilgan.

Shuningdek, Yaponiya O‘zbekistonni nafaqat ishonchli strategik hamkor, balki butun Markaziy Osiyoga chiqish uchun muhim darvoza sifatida ko‘rayotgani qayd etiladi. Transport, energetika, raqamli infratuzilma va xavfsizlik sohalarida O‘zbekistonning markaziy o‘rni alohida ta’kidlangan.

The Japan News — Yaponiyadagi eng nufuzli ingliz tilidagi nashrlardan biri bo‘lib, Yomiuri Shimbun media guruhi tarkibiga kiradi. Uning asosiy auditoriyasi — diplomatlar, siyosatchilar, investorlar va akademik doiralar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring