Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BMT G‘azodagi yana bir dahshatli muammoga e’tibor qaratdi

BMT G‘azodagi yana bir dahshatli muammoga e’tibor qaratdi

250 kundan buyon urush davom etayotgan G‘azo sektorida chiqindilarning tog‘-tog‘ bo‘lib uyulishi muammosi ham yuzaga keladi. BMTning falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi ushbu masalaga e’tibor qaratdi.

«9 iyun holatiga ko‘ra, G‘azo sektori va unga yaqin aholi punktlarida 330 ming tonnadan ziyod chiqindi yig‘ilgan. Bu esa atrof-muhit tozaligi va salomatlik uchun halokatli oqibatlarni keltirib chiqaradi. Bolalar har kuni chiqindi ichida kezib yuribdi», – deb bayonot berdi BMT agentligi.

Bayonotga chiqindi uyumlari orasida yurgan g‘azolik bolalar surati ham ilova qilingan.

Xalqaro tashkilot G‘azodagi halokatli vaziyatni bartaraf etish uchun zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish va insonparvarlik ko‘magi ta’minotini tiklashni talab qilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Isroil HAMAS hujumiga javoban G‘azoga bostirib kirganidan buyon o‘tgan 251 kun davomida 37232 nafar falastinlik halok bo‘ldi,  85037 nafari jarohatlandi.

17 yil qisman blokada sharoitida yashagan G‘azo sektori 2023 yil oktyabr oyidan buyon to‘liq qamal ostida. Hududga suv, oziq-ovqat, yonilg‘i kirishi cheklangan.

Tahlillarga ko‘ra, so‘nggi olti oy ichida G‘azo sektorida dunyoda oxirgi to‘rt yilda kuzatilgan barcha mojarolardan ko‘proq bolalar halok bo‘lgan. Shunga ko‘ra BMT bir necha kun avval Isroilni bolalar huquqlarini poymol etuvchi va ularga zarar yetkazuvchi davlatlar ro‘yxatiga kiritdi.

https://xabar.uz/w16l

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring