Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Abdulaziz Komilov oliy darajadagi orden bilan mukofotlandi

Abdulaziz Komilov oliy darajadagi orden bilan mukofotlandi

Yaponiya imperatori Naruxito O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilovni «Chiqayotgan quyosh Katta Kordon ordeni» bilan mukofotladi.

Mukofot A.Komilovga imperatorning Tokiodagi qarorgohida tantanali tarzda topshirilgan.

«Chiqayotgan quyosh Katta Kordon ordeni» — Yaponiyaning eng qadimiy mukofotlaridan biri hisoblanib, A.Komilovga ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ko‘p yillik hissasi uchun berildi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda ushbu mukofot bilan Sodiq Safoyev, 2022 yilda esa Aziz Abduhakimov mukofotlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring