Abdulaziz Komilov Xayko Maas bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi

Bugun, 30-avgust kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Toshkent shahriga tashrif bilan kelgan Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maas bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston – Germaniya hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi, bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali va kun tartibi ko‘rib chiqildi.
Afg‘onistondagi bugungi vaziyatga alohida e’tibor qaratildi. Xayko Maas O‘zbekiston tomoniga Afg‘onistondan Germaniya va boshqa xorijiy davlatlar fuqarolarining evakuatsiyasini tashkillashtirishda ko‘rsatgan yordami uchun yana bir bor minnatdorlik bildirdi. Tomonlar Afg‘oniston yo‘nalishida yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini ma’lum qildilar.
Uchrashuvda ikki mamlakatning xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorligi yuzasidan ham fikr almashildi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter