Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Lukashenko «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga bordi (foto)

Lukashenko «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga bordi (foto)

Foto: Bosh vazir matbuot xizmati

Rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bugun, 8 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

Oliy martabali mehmon majmua me’moriy yechimlari hamda kompozitsiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari bilan batafsil tanishdi.

Vatanimizning 3 ming yillik tarixida yuz bergan eng muhim voqealarni o‘zida ifoda etgan ushbu majmua Belarus delegatsiyasida katta taassurot qoldirdi.

Ta’kidlash joizki, mamlakatimizga tashrif buyurayotgan mehmonlarning Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan bunyod etilgan mazkur muhtasham majmua bilan tanishuvi an’anaga aylangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring