Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Markaziy Osiyo rahbarlari Ostonada uchrashadi

Markaziy Osiyo rahbarlari Ostonada uchrashadi

Foto: Prezident matbuot xizmati

22-aprel kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari Ostonaga tashrif buyurishadi

Qozog‘iston ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, bu haqda mamlakat hukumati matbuot xizmati ma’lum qildi. 

«Orol dengizini qutqarish xalqaro jamg‘armasi Davlat rahbarlari kengashining yig‘ilishi Qozog‘iston poytaxtida bo‘lib o‘tadi», deb ta’kidladi matbuot xizmati. 

Orol dengizini qutqarish xalqaro jamg‘armasi tarkibiga Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston kiradi. 

Davlat rahbarlarining yig‘ilishi kamida uch yilda bir marta o‘tkaziladi. U oxirgi marta 2023-yilda Dushanbeda bo‘lib o‘tgan, o‘shanda Qozog‘iston prezidenti uch yillik muddatga jamg‘arma rahbari etib saylangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring