Qirg‘iziston TIV chegaradagi holat bo‘yicha O‘zbekistonga nota yo‘lladi
Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi bugun, 7-aprel kuni o‘zbek-qirg‘iz chegarasida yuz bergan voqea munosabati bilan O‘zbekistonga nota yo‘lladi. Bu haqda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi favqulodda va muxtor elchisi K.Rashidov Qirg‘iziston TIVga chaqirildi. Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari N.Abdurahmonov elchini hodisadan xabardor qildi va unga voqea tafsilotlari haqida axborot berish iltimosi bitilgan notani topshirdi.
Qirg‘iziston TIVning qayd etishicha, ushbu masala nazorat ostida bo‘lib, ikki mamlakatning tegishli xizmatlari bilan doimiy muloqot o‘rnatilgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 7-aprel kuni O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida qirg‘iz fuqarosi F.M. o‘zbekistonlik chegarachilar tomonidan otib qo‘yilgani haqida xabar bergan edik.
«Xabar.uz»ga ma’lum qilishlaricha, aslida voqea sal boshqacharoq bo‘lgan. Ya’ni Qirg‘iziston fuqarosi F.M. dastlab O‘zbekiston hududida edi. Chegarachilar uni to‘xtatishga uringan, lekin fuqaro buyruqqa bo‘ysunmagan hamda qochishga tushgan. So‘ng chegarachilar avval havoga o‘q uzgan, yana harakat to‘xtamagach, F.M.ga nisbatan qurolli harakat bo‘lgan va u yaralangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter