Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qoraqalpog‘istondagi voqealar bo‘yicha komissiya tuzildi

Qoraqalpog‘istondagi voqealar bo‘yicha komissiya tuzildi

Videodan skrinshot.

Senat va Qonunchilik palatasi iyul oyi boshida Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealar yuzasidan mustaqil tekshiruv o‘tkazish bo‘yicha komissiya tuzdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.

Komissiyaga ombudsman Feruza Eshmatova rahbarlik qiladi.

Komissiya tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi vakillari va xalq deputatlari, nodavlat notijorat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda xodimlari kiritildi.

O‘tkazilgan tekshiruv natijalari e’lon qilinadi va O‘zbekiston jamoatchiligi va jahon hamjamiyatiga yetkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, Nukusdagi namoyishlarda 18 kishi halok bo‘lgan, ulardan 4 nafari huquq-tartibot idoralari xodimlaridir. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring