Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev pora olayotgan hokim yordamchilari haqida gapirdi

Shavkat Mirziyoyev pora olayotgan hokim yordamchilari haqida gapirdi

Mahallabay ishlashga bag‘ishlangan tanqidiy yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev pora olib, tamagirlik qilayotgan hokim yordamchilari haqida gapirgan.

«Shu bilan birga, joylardagi ayrim hokim yordamchilari «kredit, subsidiya, yer olib beraman», deb tamagirlik qilayotgani ham juda achinarli holatdir», degan prezident.

Misol uchun, To‘raqo‘rg‘on tumani «Sharq» mahallasidagi hokim yordamchisi imtiyozli kreditga tavsiya berish uchun, pora olayotganda ushlanib, 5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Bu kabi holatlar Mirzo Ulug‘bek, Yunusobod, Bo‘ka, Baxmal tumanlari, Marg‘ilon, Shirin shaharlarida ham mavjud.

«Barcha viloyat, tuman va shahar hokimlari, ularning birinchi o‘rinbosarlari, respublika vakillari, Ubaydullayev (Mirzohid Ubaydullayev — Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi rahbari — tahririyat izohi) va uning quyi tizimi rahbarlarini qat’iy ogohlantiraman. Odamlarni rozi qilish va inson qadrini tushunmagan rahbarlarga oramizda o‘rin bo‘lmaydi», degan davlat rahbari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring