Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Tyanszinda kutib olindi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Tyanszinda kutib olindi (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev XXR Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan rafiqasi bilan birga Xitoyga rasmiy tashrif buyurdi.

Tyanszin shahridagi «Binxay» xalqaro aeroportida samolyot oldida davlatimiz rahbarini XXR transport vaziri Lyu Vey va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Oliy martabali mehmonlar sharafiga ikki mamlakatning davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston yetakchisi 31-avgust — 1-sentyabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va «ShHT plyus» formatidagi sammit tadbirlarida ishtirok etadi.

O‘zbekiston Prezidenti o‘z nutqida ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash va tashkilot faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha muhim tashabbuslarni ilgari suradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring