Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Ajoyib 23 yil». Jon Terri katta futbol bilan xayrlashdi

«Ajoyib 23 yil». Jon Terri katta futbol bilan xayrlashdi

Foto: «RIA Novosti»

Zamonamizning eng taniqli futbolchilaridan biri, «Chelsi» klubi hamda Angliya terma jamoasining sobiq sardori Jon Terri «Instagram»dagi sahifasida o‘yinchilik faoliyatiga nuqta qo‘yishini ma’lum qildi.

 
 
 
 
 
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
 
 
 
 
 
 
 
 
 

THANK YOU ⚽️

Publikatsiya ot John Terry (@johnterry.26)

— Futbolchi sifatida ajoyib 23 yil  to‘p surdim, endi xayrlashishning ayni fursati, — deb yozdi Terri.

U oilasi, yaqinlari, do‘stlari, sobiq jamoadoshlari, murabbiylari — barchasiga minnatdorlik bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida Terri Moskvaning «Spartak» klubi bilan shartnoma imzolashga yaqin edi. Biroq oilasi bilan maslahatdan so‘ng u Rossiyaga borish fikridan qaytgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring