Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Barselona» yangi emblemasini taqdim etdi (foto)

«Barselona» yangi emblemasini taqdim etdi (foto)

Foto: fcbarcelona.cat

Katalon jamoasi matbuot xizmati yangi emblemani «Barselona»ning rasmiy sayti va «Twitter»ga joylashtirdi.

Oldingisidan farqi, yangi emblemada klubning nomini anglatuvchi F.C.B. qisqartmalari bo‘lmaydi, ko‘k-anorrang chiziqlar kengaytirilgan.

«Barselona» emblemasi oxirgi marta 2002 yilda yangilangandi.

Yangi dizayn «Barselona» direktorlar kengashi tomonidan tasdiqlandi. Agarda 20-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan jamoa a’zolari assambleyasida ham shu fikrga kelishsa, emblema kuchga kiradi.

«Barselona»ning turli yillardagi emblemalari.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring