Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Barselona»ni kubokdan ayirgan nemislar «sheryurak» shotlandlarga qarshi: YeL finaliga prevyu

«Barselona»ni kubokdan ayirgan nemislar «sheryurak» shotlandlarga qarshi: YeL finaliga prevyu

May finallar oyi. Yevropa maydonlarida o‘tayotgan ichki va mintaqaviy bahslar o‘z yakuniga yetar ekan hissiyotlar avj pallasiga chiqib bormoqda. UYeFAning uchta yirik turniri finallari bugundan boshlanadi. Bugun Sevilya shahrida Germaniyaning «Ayntraxt» va Shotlandiyaning «Reynjers» klublari Yevropa ligasi g‘olibligi uchun bellashadilar.

2019-yilda Yevropa Ligasi finalida «Chelsi»dan kichik hisobda mag‘lubiyatga uchragan «Ayntraxt» «Barselona», «Real Betis» va «Vest Xem Yunayted» kabi jamoalarni mag‘lub etib, nufuzli musobaqaning finaliga chiqishdi. Ko‘p yillar «Seltik» soyasida qolib ketgan, shon-sharafiga chanqoq klub «Reynjers» ajoyib o‘yinlar ko‘rsatib, «Borussiya Dortmund», «Braga» va «RB Leypsig»ni mag‘lub etib, finalga chiqdi. Ikkala klub ham bir-biridan qolishmaydi.

«Reynjers»da nima gaplar?

Jovanni van Bronkxorst Ispaniyaga begona emas. 2003-2004-yilgi mavsumda Kataloniyaning «Barselona»sida to‘p tepgan. «Reynjers» bosh murabbiyi Alfredo Morelos, Ianis Xagi va Filip Helander xizmatlaridan foydalana olmaydi. Bu shotlandlar uchun katta yo‘qotish. «Leypsig» ustidan qozonilgan g‘alabada jarohatlangan Morelosning o‘rnini to‘ldirish boshqalariga qaraganda qiyinroq. Kemar Rufning finalda qatnashish imkoniyati bor, ammo markaziy hujumchi roli Jo Ariboga topshirilishi haqiqatga yaqinroq. Unga qanotlarda Rayan Kent va Skott Raytlar yordam beradi.

«Reynjers» bosh murabbiyining yarim himoyada ortiqcha bosh og‘ritishiga hojat yo‘q. Glen Kamara, Rayan Djek va Djon Landstrem kombinatsiyasi asosiy tarkibda o‘yinga tushiriladi. Ehtimol shu uch o‘yinchi sababli ham «Reynjers» bugun finalda o‘ynamoqda.

Van Bronxorstning aytishicha, g‘alaba Shotlandiya klubi uchun katta ahamiyatga ega, bu esa futbolchilar uchun ajoyib motivatsiya. Niderlandiyalik murabbiyning ta’kidlashicha, «Reynjers» futbolchilari bor e’tiborni faqat o‘z o‘yiniga qaratishlari va bu oddiy 11ga 11 qarshi o‘yin ekanligini unutmasliklari kerak.

Ehtimoliy tarkib (4-3-3): Allan Makgregor; Djeyms Taverniyer, Konnor Goldson, Kelvin Bassi, Borna Barishich; Djon Landstrem, Glen Kamára, Ráyan Djek; Djo Aribo, Feshn Sakala, Rayan Kent

«Ayntraxt Frankfurt»da-chi?

Frankfurtning «Ayntraxt»idagi eng katta yo‘qotish bu himoyada Martin Xintereggerdir. Avstriyalik futbolchi jarohati tufayli finalda ishtirok eta olmadi. Uning yo‘qligini Almami Ture bildirmasligi kerak. Katta ehtimol bilan murabbiy Oliver Glasner hech qanday taktik o‘zgarishlarni amalga oshirmasa kerak. Ammo «Reynjers»ning markaziy hujumdagi yo‘qotishlari sabab qanotlardan hujumga o‘tishi hisobiga Ansgar Knauff va Filip Kostich kabi samarali qanot himoyachilari dan foydalanishga majbur bo‘lsa kerak.

«Ayntraxt», shunga qaramay, keng pozitsiyalardan hujum qilishdan ehtiyot bo‘lishi kerak. Nemislar qarshi hujumda juda kuchli. Yaponiyalik futbolchi Daichi Kamada «Ayntraxt»ning omad tumori deyishimiz mumkin. 26 yoshli vunderkind hujumdagi ustunlikni ta’minlashi kerak.

Ehtimoliy tarkib (3-4-2-1): Kevin Trapp; Almami Ture, Tuta, Obit Evan N’Dika; Ansgar Knauff, Sebastyan Rode, Djibril Sov, Filip Kostich; Yesper Lindstryom, Daichi Kamada; Rafael Santos Borre.

Asosiy statistika qanday?

«Barselona»ga qarshi o‘yin qahramoni Rafael Santos Borre Bundesliga mavsumini sakkizta gol bilan yakunladi. Daichi Kamada beshta gol bilan Frankfurtning Yevropa ligasidagi eng yaxshi to‘purari hisoblanadi.

«Ayntraxt» Yevropa Ligasi finaliga yutqazmay yetib keldi (7 g‘alaba, 5 ta durang), «Reynjers» 14 ta o‘yindan 5 tasida mag‘lub bo‘ldi (6 g‘alaba, 3 durang). Frankfurtliklar Yevropa Ligasidagi har bir o‘yinda o‘rtacha 1,66 gol urishmoqda, Reynjersning zarbasi esa XGda 1,57. «Burgutlar» bu mavsumda Ispaniyada ikki marta g‘alaba qozongan, beshta tashrifda hech qachon mag‘lub bo‘lmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring