Jahon chempioni odam savdosida ayblanmoqda
Fransiya terma jamoasi bilan 2018-yilda jahon chempioni bo‘lgan, ayni paytda «PSJ» klubida to‘p surayotgan Lukas Ernandes odam savdosi va majburiy mehnatga jalb qilganlikda ayblanmoqda. Bu haqda Paris Match nashri xabar berdi.
Futbolchi va uning rafiqasi Viktoriya Triayga qarshi ayblovni kolumbiyalik oila — er-xotin va uch farzandi ilgari surdi.
«Bizni ezib ishlatishdi va kamsitishdi, kelishilganidan ancha kam haq to‘lashdi. Ular muhojirlar va ularning oilalarini ekspluatatsiya qilmoqda, hech qachon sodir bo‘lmaydigan qonuniylashtirishni va’da qilib, biz bilan qullardek munosabatda bo‘lishdi», — dedi jabrlanuvchilardan biri.
Ernandes va rafiqasiga qarshi ish Versal prokuraturasiga topshirilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter