Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Karim Benzema Pablo Pikassoning noyob asarini sotib oldi

Karim Benzema Pablo Pikassoning noyob asarini sotib oldi

Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubi hujumchisi va jamoa sardori Karim Benzema mashhur ispaniyalik rassom Pablo Pikassoga mansub san’at asarini xarid qildi. Gap 1964 yilda yaratilgan “Soqolli erkak portreti” nomli kartina haqida ketmoqda.

Futbolchi ushbu asar bilan tushgan suratini ijtimoiy tarmoqlarda ulashib, “uyga xush kelibsan” degan izoh qoldirdi. Bu post muxlislar va san’at ixlosmandlari orasida katta qiziqish uyg‘otdi.

Ma’lum qilinishicha, kartina 2025 yil boshida Nyu-Yorkda joylashgan Xelli Nahmad galereyasida namoyish etilgan. Xarid narxi ochiqlanmagan, ammo Pikasso asarlari xalqaro auksionlarda odatda 1 million yevrodan yuqori summaga sotilishi bilan tanilgan.

Eslatib o‘tamiz, Karim Benzema 2023 yildan beri “Al-Ittihod” klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda 37 yoshli hujumchi barcha musobaqalarda 12 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol muallifi bo‘ldi. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portaliga ko‘ra, ayni paytda Benzemaning transfer qiymati 6 million yevro deb baholanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring