Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

La-liga: Madrid derbisi va «Barsa»ning navbatdagi yurishi

La-liga: Madrid derbisi va «Barsa»ning navbatdagi yurishi

Ispaniyada 35-tur natijalari yakunlandi. Allaqachon chempionlikni hal qilib bo‘lgan «Real» jamoasi Madridda «Atletiko» mehmoni bo‘ldi va kichik hisobda yutqazdi. Bu g‘alaba mezbonlarga ko‘proq muhim edi.

Yana bir qiyin uchrashuvda «Barselona» «Betis» mehmoni bo‘ldi va ishonchli g‘alabaga erishdi. Shu tariqa kataloniyaliklar ikkinchi o‘rinni mustahlash uchun muhim qadamni tashladi. Bu orada «Sevilya» ham durang o‘ynab qo‘ydi.

La-liga, 35-tur natijalari

Levante - Real Sosedad - 2:1
Gollar: Miramon, 53 (1:0). Silva, 66 (1:1). Melero, 90 - penaltidan (2:1).
6 may. Valensiya. «Syudad de Valensiya» stadioni.
Bosh hakam: Alberola Roxas (Kastiliya-La-Mancha).

Malorka - Granada - 2:6
Gollar: Suares, 6 (0:1). Salva Sevilya, 28 (1:1). Eskudero, 46 (1:2). Puertas, 55 (1:3). Railo, 58 (2:3). Molina, 69 (2:4). Uzuni, 78 (2:5). Molina, 90 (2:6).
7 may. Palma-de-Malorka. «Vizit Malorka Estadi» stadioni.
Bosh hakam: Rikardo De Burgos Bengoyechea (Bilbao).

Atletik - Valensiya - 0:0
7 may. Bilbao. «Nuevo San-Mames» stadioni.
Bosh hakam: Isidro Dias de Mera (Daymel).

Kadis - Elche - 3:0
Gollar: Negredo, 80 (1:0). Sobrino, 83 (2:0). Losano, 90+3 (3:0).
7 may. Kadis. «Ramon de Karransa» stadioni.
Bosh hakam: Alexandro Ernandes (Santa-Krus-de-Tenerife).

Selta - Alaves - 4:0
Gollar: Galyardo, 6 (1:0). Yago Aspas, 34 (2:0). Ximo Navarro, 57 - o‘z darvozasiga (3:0). Yago Aspas, 66 (4:0).
7 may. Vigo. «Balaidos» stadioni.
Bosh hakam: Kuadra Fernandes (Madrid).

Betis - Barselona - 1:2
Gollar: Fati, 76 (0:1). Bartra, 79 (1:1). Alba, 90+4 (1:2).
7 may. Sevilya. «Benito Vilyamarin» stadioni.
Bosh hakam: Antonio Mateu Laos (Valensiya).

Xetafe - Rayo Valekano - 0:0
8 may. Xetafe. «Koliseum Alfonso Peres» stadioni.
Bosh hakam: Melero Lopes (Malaga).

Vilyarreal - Sevilya - 1:1
Gollar: Lo Chelso, 86 (1:0). Kunde, 90+5 (1:1).
8 may. Vilyarreal. «Estadio-de-la-Seramika» stadioni.
Bosh hakam: Xesus Xil Mansano (Don-Benito).

Espanol - Osasuna - 1:1
Gollar: Barxa, 42 (0:1). Melamed, 67 (1:1).
8 may. Barselona. «Kornelya El Prat» stadioni.
Bosh hakam: Xayme Latre (Ueska).

Atletiko - Real Madrid - 1:0
Gol: Karrasko, 40 - penaltidan (1:0).
8 may. Madrid. «Vanda Metropolitano» stadioni.
Bosh hakam: Sesar Soto Grado (Toledo).

Musobaqa jadvali

R  Jamoa O‘ G‘ D M T-n Ochko
1  Real Madrid 35 25 6 4 73-30 81
2  Barselona 35 20 9 6 65-35 69
3  Sevilya 35 17 14 4 51-29 65
4  Atletiko 35 19 7 9 60-41 64
5  Betis 35 17 7 11 57-40 58
6  Real Sosedad 35 15 11 9 34-34 56
7  Vilyarreal 35 14 11 10 55-34 53
8  Atletik 35 13 13 9 41-34 52
9  Osasuna 35 12 10 13 36-46 46
10  Valensiya 35 10 14 11 45-49 44
11  Selta 35 11 10 14 41-38 43
12  Rayo Valekano 35 11 9 15 35-39 42
13  Espanol 35 10 10 15 38-50 40
14  Elche 35 10 9 16 37-48 39
15  Xetafe 35 8 13 14 31-37 37
16  Kadis 35 7 14 14 33-47 35
17  Granada 35 7 13 15 43-59 34
18  Malorka 35 8 8 19 32-62 32
19  Levante 35 6 11 18 44-67 29
20  Alaves 35 7 7 21 28-60 28

To‘purarlar (qavsda penaltidan urilgani)

26 ta
Karim Benzema (Real Madrid, 7)

17 ta
Yago Aspas (Selta, 3)

15 ta
Xuanmi (Betis)
Raul de Tomas (Espanol, 4)
Enes Unal (Xetafe, 2)

14 ta
Vinisius Junior (Real Madrid)

13 ta
Xoselu (Alaves, 6)

12 ta
Xose Luis Morales (Levante, 2)

Avtogollar

Muktar Diakabi (Valensiya) - 2
Erik Kabako (Xetafe)
Unay Simon (Atletik)
Franko Russo (Malorka)
Xaume Domenek (Valensiya)
Jozef Aydu (Selta)
Antonio Railo (Malorka)
Li Kan In (Malorka)
Leandro Kabrera (Espanol)
Mario Ermoso (Atletiko)
Luis Abram (Granada)
Pate Siss (Rayo Valekano)
Adria Pedrosa (Espanol)
Aridane (Osasuna)
Xerman Pesselya (Betis)
Stefan Savich (Atletiko)
Luish Mashimianu (Granada)
Ektor Belerin (Betis)
Aissa Mandi (Vilyarreal)
Ximo Navarro (Alaves)

Tur ramziy terma jamoasi (Xabar.uz talqini bo‘yicha)

Yan OBLAK (Atletiko) – Xorxe MIRAMON (Levante), Stefan SAVICh (Atletiko), Jyul KUNDE (Sevilya), Jordi ALBA (Barselona) – Samuel ChUKVUYeZE (Vilyarreal), Serxi DARDER (Espanol), Aleks FERNANDES (Kadis), Jovani LO ChELSO (Vilyarreal) – Yago ASPAS (Selta), Xorxe MOLINA (Granada).

Tur qahramoni (Xabar.uz talqini bo‘yicha)

35-tur qahramoni sifatida «Barselona» himoyachisi Jordi Albani tanladik. To‘g‘ri, bu turda qahramonlikka da’vogarlar bir talay edi, ammo Ispaniya kubogi sohibi «Betis»ga qarshi o‘yinda Alba haqiqiy qahramonlik ko‘rsatdi va so‘nggi daqiqalarda g‘alaba golini urdi.

36-tur o‘yinlari

10 may

Valensiya - Betis
Granada - Atletik
Barselona - Selta

11 may

Alaves - Espanol
Osasuna - Xetafe
Sevilya - Malorka
Elche - Atletiko

12 may

Real Sosedad - Kadis
Rayo Valekano - Vilyarreal
Real Madrid - Levante

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring