Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Eronga qarshi o‘yinda nursiz durang qayd etdi

O‘zbekiston Eronga qarshi o‘yinda nursiz durang qayd etdi

Toshkentdagi «Milliy» stadionida O‘zbekiston terma jamoasi Eronga qarshi maydonga tushdi. O‘yin JCh-2026 saralash bosqichi doirasida o‘tkazildi. 

Uchrashuv ko‘plab xavfli vaziyatlarga boy bo‘ldi. 

57-daqiqada eronlik futbolchi hamyurtimiz Eldor Shomurodovga nisbatan qo‘pollik qilgani uchun maydondan chetlatildi. Biroq futbolchilarimiz Eronning bir kishi kam bo‘lib qolganidan unumli foydalana olmadilar. 

Uchrashuv oxirigacha boshqa gol urilmadi. O‘yin yakunida hakam tomonidan O‘zbekiston darvozasiga penalti belgilanishi mumkin edi, ammo VAR tekshiruvidan keyin qaror bekor qilindi. 

Shu tariqa O‘zbekiston va Eron 7 ochkodan jamg‘arib, guruhda 1 va 2-o‘rinda bormoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring