Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Real» yulduzi jamoada qolishi e’lon qilindi

«Real» yulduzi jamoada qolishi e’lon qilindi

Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich Madridning «Real» klubi bilan shartnomasini 2024-yilgacha uzaytirdi.

Bu haqda ispan klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Ispaniyaning yetakchi sport gazetalari Marca, AS, Mundo Depotivo va boshqa nashrlarning yozishicha, 37 yoshli futbolchi mavsum yakunlanganidan keyin Saudiya Arabistonining bir qancha jamoalaridan taklif olgan, biroq jamoada qolish uchun ko‘p millionlik shartnomalarni rad etgan.

Modrich 2012-yildan beri «Real»da o‘ynamoqda.

2022/23 yilgi mavsumda u Madrid klubi safida barcha musobaqalarda 51 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarket uni 10 mln yevroga baholangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring