Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jazirama tufayli yashash imkonsizga aylanadigan hududlar e’lon qilindi

Jazirama tufayli yashash imkonsizga aylanadigan hududlar e’lon qilindi

Illyustrativ foto

Perdyu universiteti (AQSh) olimlari aniqlashlaricha, yana bir necha yildan so‘ng G‘arbiy Afrika, Janubiy Osiyo va AQShning O‘rta G‘arb mintaqalari iqlim o‘zgarishlari oqibatida inson hayoti uchun xavfli bo‘lib qoladi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Tadqiqotchilar Yerdagi iqlim o‘zgarishlari va anomal jaziramalar ma’lumotlaridan foydalanib, yaqin kelajakdagi iqlim modelini yaratishdi. Natijalar xavotirli: insoniyat yaqin yillarda havoning salqinlashishiga umid qilmasa ham bo‘ladi. Kamiga tungi haroratlar yanada oshib, inson organizmini kunduzgi jaziramadan so‘ng tiklanish imkoniyatidan mahrum qiladi.

«G‘arbiy Afrika hamda Janubiy Osiyoning ayrim hududlari — eng himoyasizlar qatorida, chunki bu yerlarda aholi juda zich yashaydi va havoning salqinlashish imkoniyatlari cheklangan. AQShning ayrim qismlarida, jumladan, O‘rta G‘arbda hududiy nam issiqliklar yuzga keladi», — deyiladi tadqiqotda.

Qo‘shimcha qilinishicha, texnologiyalar yaxshi rivojlangan ilg‘or mamlakatlar jazirama oqibatlarini birozgina yengillashtira olishlari mumkin, xolos.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring