Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«El-yurt umidi» jamg‘armasining 2025-yildagi faoliyati qanday bo‘ldi?

«El-yurt umidi» jamg‘armasining 2025-yildagi faoliyati qanday bo‘ldi?

Bugun, 10-aprel kuni «El-yurt umidi» jamg‘armasi mutasaddilari va OAV vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Prezidentning 2025-yil 5-maydagi farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha «El-yurt umidi» jamg‘armasi qayta tashkil etilgan edi.

Qayd etilishicha, 2025-yilda o‘tkazilgan 2 ta ochiq stipendiya tanlovi doirasida 15 400 nafar nomzod platformadan ro‘yxatdan o‘tgan. Nomzodlarning 237 nafar g‘olib deb topilib, ulardan 70 foizi Top-100 universitetlar talabalari bo‘lgan. Jumladan, stipendiatlar tomonidan eng ko‘p tanlanayotgan yo‘nalishlar: STEM – 64 nafar, Ijtimoiy sohalar – 60 nafar, AT va sun’iy intellekt – 53 nafar.

Jamg‘arma dunyoning yetakchi universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatmoqda. Xususan, «Fulbright», «Chevening», «British Council», «Türkiye Bursları», «Kotib Ota», «Oliy Ta’lim menejmenti», «AI and DataScience School» kabi xalqaro stipendiya tashkilotlari va dasturlarida o‘zbekistonlik yoshlar uchun qo‘shimcha kvotalar ajratilishi bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.

Fransiyaning Milliy fuqarolik aviatsiya maktabi (ENAC), «Airbus» kompaniyasi hamda «El-yurt umidi» jamg‘armasi va Toshkent davlat transport universiteti o‘rtasida yangi «2+2» formatidagi qo‘shma diplom dasturi bo‘yicha rasmiy bitim imzolangan.

3-aprel kuni jamg‘arma 2026-yil uchun birinchi ochiq stipendiya tanlovini e’lon qildi. 2026/2027-o‘quv yili uchun nufuzli xorijiy universitetlarda ta’lim olish uchun 500 ta kvota ajratilgan:
bakalavriat ta’lim dasturlari uchun 167 ta,
magistratura uchun 232 ta,
doktorantura uchun 38 ta,
Prezident qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan qo‘shimcha 63 ta.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring