Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

OTMlarda kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati uzaytirildi

OTMlarda kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati uzaytirildi

Foto: Xabar.uz

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli bayoni bilan quyidagi toifadagi fuqarolar uchun to‘lov-kontrakt muddatlari uzaytirildi:

  • bakalavriat va magistraturada bugungi kunga qadar darslarda qatnashib, yakuniy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan abituriyentlar (birinchi bosqich);
  • o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar.

Ular uchun bazaviy va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning bir yillik o‘qitish qiymatining 100 foizini to‘lash hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2026-yil 10-iyunga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddati oliy ta’lim tashkilotlari rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring