Oliy ta’lim vaziriga o‘rinbosar tayinlandi
Prezident qarori bilan Salomov O‘ktam Rahimovich oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.
O‘ktam Salomov 1977-yil Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Texnika fanlari doktori, professor.
Fizik-olim Andijon mashinasozlik instituti va Turin politexnika universitetlarida rektor, hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari kabi lavozimlarda samarali mehnat qilgan.
U tayinlovga qadar Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritgan.
Avvalroq Surxondaryodagi uchta tumanga hokim tayinlangandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter