Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Britaniyada bosh vazirlikka yaqqol da’vogar nomi aytildi

Britaniyada bosh vazirlikka yaqqol da’vogar nomi aytildi

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Jon Xili mamlakatning yangi bosh vaziri bo‘lishi mumkin.

RIA «Novosti» xabariga ko‘ra, Leyboristlar partiyasining sobiq katta maslahatchisi Pol Sinkler uni amaldagi bosh vazir Kir Starmerning vorisi deb atagan. 

«Xili Bosh vazir bo‘lishga juda mos. Menimcha, u o‘zini bu lavozimga murosali nomzod deb biladi. Balki u haqiqatan ham shunday bo‘lishi mumkin», deb taxmin qildi siyosiy strateg. 

Sobiq elchi Piter Mandelsonning amerikalik pedofil moliyachi Jeffri Epshteyn bilan aloqalari bilan bog‘liq janjal bosh vazir masalasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Starmer aynan shu sabab katta mojaro markazida qoldi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring