Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Magistratura yo‘nalishida eng talabgor sohalar bo‘yicha ma’lumot berildi

Magistratura yo‘nalishida eng talabgor sohalar bo‘yicha ma’lumot berildi

AOKA huzuridagi shtabda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Farhod Babashev ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda mutaxassis O‘zbekiston OTMlarida magistratura yo‘nalishida eng talabgor bo‘layotgan sohalar bo‘yicha ma’lumot berdi. 

30-iyul kuni magistr.edu.uz veb-sayti orqali magistraturaga ariza topshirish yakunlandi. Shu saytga qancha ariza kelib tushdi? Ularning tahlili bormi?

Magistraturaga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun 78 000 dan ortiq onlayn ariza topshirildi. Bu 2018-yilga nisbatan 7 barobar, 2019-yilga nisbatan 3 barobar ko‘p.

Eng katta tanlov — xorijiy tillar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot mutaxassisliklariga to‘g‘ri keladi.

Masalan, Farg‘ona davlat universitetida xorijiy tillar mutaxassisligida bir o‘ringa — 105 ta hujjat topshirilgan. Toshkent axborot texnologiyalari universitetining kompyuter injeniringi mutaxassisligida — bir o‘ringa 68 ta hujjat topshirildi. Iqtisodiyotda — bir o‘ringa 45 ta talabgor hujjati topshirilgan.

Eng ko‘p hujjat topshirilgan oliy ta’lim muassasalari — O‘zbekiston milliy universiteti (6077 ta), Samarqand davlat universiteti (3651 ta) va Termiz davlat universiteti (3403 ta).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring