Android qurilmalar uçun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş ×
IOS qurilmalar uçun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş ×

Özbekistonlik öquvçilar AQŞdagi ilmiy yarmarkalarga jalb etiladi

Özbekistonlik öquvçilar AQŞdagi ilmiy yarmarkalarga jalb etiladi

Özbekistonning Nyu-Yorkdagi Boş konsulxonasi diplomatlari AQŞning «Regeneron International Science and Engineering Fair» (Regeneron ISEF) ilmiy-taʼlim hamjamiyati vakillari bilan muzokara ötkazdi, deya xabar berdi «Dunyo» axborot agentligi.

Tomonlar ilm-fan, texnologiya va muhandislik yönalişlaridagi iqtidorli yoşlarni saralaş hamda qöllab-quvvatlaşda Amerika tajribasini qöllaş, şuningdek, özbekistonlik maktab öquvçilarini AQŞdagi xalqaro ilmiy yarmarkalarga jalb etiş istiqbollarini muhokama qildi.

Amerika vakillari dunyoning 70 dan ortiq mamlakatidan yoş tadqiqotçilarni birlaştiruvçi «Regeneron ISEF» platformasi faoliyatini taqdim etdi. Uçraşuvda AQŞning milliy ilmiy yarmarkalari, loyihalarni ekspertizadan ötkaziş va mentorlik (ustozlik) tizimini qamrab olgan köp bosqiçli saralaş mexanizmiga alohida urğu berildi. Uşbu bosqiçlardan muvaffaqiyatli ötgan eng istiqbolli öquvçilar «Regeneron ISEF» xalqaro finaliga yöllanma oladi.

Şuningdek, Özbekistonda ekspertizaning xalqaro standartlarini joriy etiş, milliy ekspertlar va hakamlarni tayyorlaş, öquvçilarning tadqiqot infratuzilmasidan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş, qolaversa, taʼlim muassasalari, universitetlar, ilmiy-tadqiqot taşkilotlari va texnologik kompaniyalar örtasidagi özaro hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollari körib çiqildi.

Tomonlar mamlakatning taʼlim va ilmiy resurslarini birlaştiruvçi hamda istiqbolli öquvçilarni izçil qöllab-quvvatlaşni taʼminlovçi ilmiy-texnologik isteʼdodlarni rivojlantiriş milliy tizimini şakllantiriş masalasiga ham alohida töxtaldilar.

Uçraşuv yakunida Özbekistonning iqtidorli maktab öquvçilarini xalqaro ilmiy-muhandislik tanlovlarida, jumladan, «Regeneron ISEF»da iştirok etişini taʼminlaşga qaratilgan milliy platformani yaratiş böyiça hamkorlik qilişga kelişib olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting

Kiriş

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring