Android qurilmalar uçun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş ×
IOS qurilmalar uçun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş ×

Toşkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi va 10-anʼanaviy ilmiy-taʼlim forumi boşlandi

Toşkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi va 10-anʼanaviy ilmiy-taʼlim forumi boşlandi

Foto: Taʼlimni rivojlantiriş markazi

Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida «Oliy taʼlimni rivojlantiriş istiqbollari» mavzusidagi Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi hamda «Ilmiy axborotdan foydalaniş va naşr faolligi» nomli 10-anʼanaviy ilmiy-taʼlim forumi boşlandi.

Tadbir Taʼlim va fan vazirligi, Taʼlimni rivojlantiriş respublika ilmiy-metodik markazi, Yevropa Ittifoqining Özbekistondagi delegatsiyasi hamda Özbekistondagi Erasmus+ Milliy ofisi hamkorligida taşkil etilgan.

19-20 noyabr kunlari davom etadigan anjumanda Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari oliy taʼlim muassasalari vakillari, Erasmus+ loyihalari koordinatorlari va xalqaro ekspertlar iştirok etmoqda.

Konferensiya va forum doirasida oliy taʼlimni isloh qiliş, Erasmus+ loyihalarining taʼsiri, ilmiy tadqiqotlarda sunʼiy intellektdan foydalaniş hamda ilmiy naşrlar faolligini oşiriş masalalari muhokama qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting

Kiriş

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring