Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Teach For Uzbekistan» loyihasining Yozgi institutida o‘qituvchilarga tahsil berish yakunlandi (foto)

«Teach For Uzbekistan» loyihasining Yozgi institutida o‘qituvchilarga tahsil berish yakunlandi (foto)

Foto: «Teach For Uzbekistan»

Toshkent viloyatida hududiy maktablarda dars berishga yuboriladigan o‘qituvchilar uchun «Teach For Uzbekistan» loyihasining 45 kunlik intensiv Yozgi oromgohining faoliyati o‘z nihoyasiga yetdi.

2025-yil 4-avgustda Bo‘stonliq tumanidagi «Yoshlar oromgohi»da «Teach For Uzbekistan» Yozgi instituti smenasining va institut bazasida tashkil etilgan Yozgi oromgohning yopilishi marosimi o‘tkazildi.

Yakuniy tadbirda loyiha yetakchilari: «Teach For Uzbekistan» direktori Umida Yo‘ldosheva va Yozgi institut direktori, «Teach For All» global tarmog‘ining vakili janob Satyam Mishra, shuningdek, Yozgi oromgohga o‘quvchilari saralab olingan maktablar rahbariyati, birinchi qabul qatnashchilari, AUT ko‘ngillilari, muvofiqlashtiruvchilar va «Teach For Uzbekistan» jamoasi qatnashdi.

Tadbir iliq va do‘stona muhitda o‘tdi. Umida Yo‘ldosheva yozgi oromgoh yakunlarini e’lon qildi va dasturning ilk natijalari, shuningdek, kelgusi rivojlanish rejalari haqida so‘zladi. Maxsus mehmon, Harvard universiteti bitiruvchisi va «Global Teacher Prize» mukofotining finalchisi janob Satyam Mishra xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimlaridagi asosiy o‘zgarishlar hamda ta’limning o‘zbek modelida o‘qituvchilarni tayyorlash sifati haqida hikoya qildi.

Yozgi institut bitiruvchilari TFU ilk qabuli qatnashchilari bilan muloqot qilish imkoniga ega bo‘ldilar. Hududiy maktablarda bir yil ishlagan bu yoshlar dastur tufayli ular hamda o‘quvchilarining hayotlari nechog‘liq o‘zgarganligi haqida so‘zlab berdilar.

«Yozgi institut — shunchaki o‘quv kursi emas, balki maktablar va hamjamiyatlarni o‘zgartirishga qodir bo‘lajak yetakchilar shakllanadigan makondir. Yillar davomida turli mamlakatlardagi ta’lim dasturlari bilan ishlash mobaynida men bir narsaga amin bo‘ldim: haqiqiy o‘zgarishlar bolalarga ishonadigan va zimmasiga mas’uliyatni ola biladigan insonlardan boshlanadi. Aynan mana shunday g‘ayratni, onglilikni va kamolotga intilishni men O‘zbekistonda ko‘rdim. Bunday tashabbuslar har bir bolaga — sifatli ta’lim olish, yosh mutaxassislarga esa — mamlakat kelajagiga real ta’sir ko‘rsata olish imkonini beradigan ta’lim tizimlari uchun asos barpo etadi», — dedi «Teach For All» global tarmog‘i vakili janob Satyam Mishra.

«Teach For Uzbekistan» loyihasining Yozgi instituti

Yozgi institut (YoI) —  «Teach For Uzbekistan» dasturi qatnashchilarini tayyorlashning asosiy bosqichi. Bu besh haftalik o‘quv-amaliy intensiv bo‘lib, unda bo‘lajak o‘qituvchilar pedagogik, kommunikativ va yetakchilik ko‘nikmalarini o‘zlashtiradilar va maktabda ishlashga tayyorlanadilar. Keyin finalchilar maktab huzuridagi yozgi oromgohda amaliyot o‘taydilar, klassik menejmentni o‘rganadilar va o‘quv yili boshlanishiga tayyorgarlik ko‘radilar. Yozgi institut to‘liq mashg‘ullik formatida tashkil etilgan: butun besh hafta davomida qatnashchilar maxsus jihozlangan oromgohda yashaydilar, bu ularga tashqi omillarga chalg‘imay, diqqat-e’tiborni o‘qishga jalb qilishga imkon beradi.

2025-yilda Yozgi institut O‘zR Yoshlar ishlari bo‘yicha agentlik bazasida o‘tdi, u loyihaga Bo‘stonliq tumani tog‘laridagi hududni beg‘araz taqdim etdi. O‘zbekistonning turli hududlaridan 39 nafar nomzod loyiha qatnashchisi bo‘ldi. Ular — yetakchi milliy va xalqaro universitetlarning umumiy maqsad — ta’lim tizimini ichidan o‘zgartirish istagi birlashtirgan bitiruvchilaridir. Tahsil jarayoniga mahalliy va xalqaro ekspertlar jalb etildi.

Yozgi institut dasturi quyidagilarni qamrab oldi:

  • o‘qitish uslubiyoti, sinfni boshqarish, inklyuziv ta’lim, tanqidiy va tizimli tafakkurni takomillashtirish bo‘yicha intensiv treninglar;
  • aktyorlik mahorati va notiqlik san’ati bo‘yicha mashg‘ulotlar;
  • tajribali ustozlar va ta’lim yetakchilari bilan sessiyalar;
  • muntazam amaliy mashg‘ulotlar va yozgi maktabda dars berish.

Institut huzuridagi Yozgi oromgoh

Yozgi institutning oxirgi haftasida qatnashchilarning sa’y-harakatlari bilan kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun Yozgi oromgoh tashkil etildi. Bolalar tabiatda vaqt o‘tkazdilar, salomatliklarini mustahkamladilar, kuch to‘pladilar, loyiha qatnashchilari esa real maktab muhitida stajirovka o‘tash va o‘quv yili boshlanishidan oldin amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish imkoniga ega bo‘ldilar.

Yozgi institut yakunlari bo‘yicha nomzodlarni yakuniy saralash quyidagi mezonlarga ko‘ra o‘tkazildi:

  1. psixometrik test;
  2. individual intervyu: qarashlar, qadriyatlar, ma’naviy tamoyillar va yetakchilik sifatlari haqida suhbat;
  3. texnik intervyu: o‘qitiladigan fan bo‘yicha bilimlarni tekshirish;
  4. sinfda ishlashni modellashtirish: sinov darsini rejalashtirish va o‘tkazish, u o‘qituvchi materialni qanchalik tayyorlagani, bolalar xatti-harakatlarini qanchalik nazorat qilishi va xavfsiz hamda o‘zaro hurmat muhitini yarata olishini ko‘rsatadi.

Mashg‘ulotlardan bo‘sh paytlarida qatnashchilarga kechki o‘yinlar, jamoaviy faoliyatlar va madaniy tadbirlar taklif etildi, ular jamoaviy ruhni mustahkamlashga va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash muhitini yaratishga xizmat qilibgina qolmay, soft skills, hamkorlik va «Teach For Uzbekistan» hamjamiyati ichida barqaror gorizontal aloqalarni rivojlantirishga ham yordam berdi.

«Teach For Uzbekistan» — bu shunchaki dastur emas, balki ta’lim kuchi orqali bolalar hayotini o‘zgartirishga tayyor insonlar hamjamiyatidir. Yozgi institut O‘zbekistonda nafaqat o‘qitish, balki ruhlantirish, qo‘llab-quvvatlash va o‘z ortidan ergashtirishga qodir pedagoglar avlodi o‘sib kelayotganini ko‘rsatdi. Biz har bir qatnashchidan faxrlanamiz va bu katta yo‘lning ibtidosigina ekaniga ishonamiz. Bu yil 31 nafar qatnashchi hududlardagi maktablarga o‘qitishga yo‘l oladi, jumladan, birinchi marta Surxondaryo viloyatiga birinchi bor o‘qituvchilar jo‘natiladi», — dedi «Teach For Uzbekistan» direktori Umida Yo‘ldosheva.

Yozgi institut «Teach For Uzbekistan» strategik missiyasini: hatto eng murakkab va chekka joylarda ham maktab o‘quvchilariga sifatli ta’lim berishga tayyor yetakchi pedagoglarning yangi avlodini tayyorlashni amalga oshirishda yordam beradi.

«Teach For Uzbekistan» to‘g‘risida

«Teach For Uzbekistan» — kadrlar yetishmaydigan hududiy maktablarda o‘qituvchi bo‘lib ishlab, bolalarga o‘z salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishda yordam beradigan iqtidorlik yosh mutaxassislarni tayyorlash va qo‘llab-quvvatlash orqali mamlakatda ta’limni rivojlantirishga yo‘naltirilgan dasturdir. Dastur maqsadi: qayerda yashashidan qat’i nazar, har bir bola sifatli ta’lim olish uchun teng imkoniyatga ega bo‘lsin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring