Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘rta Chirchiq tumanida bolalarning bog‘chaga qamrab olinish holati qanday?

O‘rta Chirchiq tumanida bolalarning bog‘chaga qamrab olinish holati qanday?

Bugungi kunda Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufida 43 ta bog‘cha faoliyat ko‘rsatadi. Shundan 23 ta davlat, 2 ta xususiy, 1 ta Davlat xususiy sherikchiligi asosidagi nodavlat va 17 ta oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari hisobiga to‘g‘ri keladi.

Hozirgi kunda viloyatdagi mavjud 10 817 nafar 3-7 yoshli bolalarning 6 013 nafari yoki 55,6 foizi mazkur maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olindi.

Maktabgacha ta’lim yo‘nalishiga 2019-yil sentyabr oyidan O‘rta Chirchiq pedagogika kollej bazasida maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etish yuzasidan amaliy ishlar yo‘lga qo‘yilib, 240 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti «Vodiy sarkor biznes» MChJ korxonasi tomonidan jami qiymati 2 mlrd 200 mln so‘mlik qurilish ishlari olib borildi.

Tumandagi Kim-Pen Xva maxalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan «Do‘stlik» nomli 19-DMTT 1973-yilda qo‘rilib, 140 quvvatga ega. O‘zbekiston Respublikasi Prizidentining 2018 yil 19 dekabrdagi PQ-4067-sonli qaroriga muvofiq 2019-yil «Investitsiya» dasturi asosida rekonstruksiya qilinib, 325 quvvatga ega zamonaviy DMTT qurib bitkazildi.

Bugungi kunda ushbu DMTT ob’yekti qurilish-ta’mirlash ishlari yakulanib, foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Tumanda 7,19-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini boshlanishi natijasida yangi 62 ta ish o‘rini va 565 quvvat yaratilib, tumanning qamrovi 6 013 nafari yoki 55,6 foizdan 6 578 nafar yoki qo‘shimcha 5,2 foiz qamralib, 60,8 foizga yetkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring