Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentning 4 ta tumanida maktablar an’anaviy ta’limga qaytadi

Toshkentning 4 ta tumanida maktablar an’anaviy ta’limga qaytadi

Foto:«Sof.uz»

Joriy yilning 1-aprelidan Toshkentning Yunusobod, Chilonzor hamda Mirzo Ulug‘bek tuman xalq ta’limi bo‘limlari tasarrufidagi umumta’lim maktablarida ham an’anaviy dars jarayonlari qayta yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Ahrorjon Sultonov ma’lumot berdi.

«Hozirda barcha maktablar harorat o‘lchagichlar va ishlatilgan niqoblar uchun maxsus axlat qutilari mavjud. Maktab yo‘laklarida o‘quvchilar tana harorati, doimiy niqobda bo‘lishlari qattiq nazoratga olinadi. Sog‘lom ovqatlantirish, tibbiy muolaja ko‘rsatish sharoitlari yaratilgan. Hozirda 445 421 nafar o‘quvchidan 154 970 o‘quvchi an’anaviy ta’limga qaytdi», - deydi Sultonov.

Sultonovning ta’kidlashicha, bungacha Toshkentning boshqa tumanlaridagi umumta’lim maktablarida o‘qish 29 martdan an’anaviy shaklda boshlangan.

Ota-onalar bolalarining o‘qishini onlayn shaklda davom ettirishi istasa, buning ham imkoni bor. Buning uchun maktab ma’muriyatiga ariza bilan murojaat qilish kerak bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring