Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xushxabar! Edu Kids multfilmlari «Bolajon»da namoyish qilinmoqda

Xushxabar! Edu Kids multfilmlari «Bolajon»da namoyish qilinmoqda

Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi tomonidan amalga oshirilayotgan Edu Kids loyihasi multfilmlari endilikda «Bolajon» telekanalida namoyish etila boshlandi!

Endilikda, quyidagi asosiy turkumdagi dayjestlarni 6 sentyabrdan boshlab har kuni «Bolajon» kanalida soat 20:20 da tomosha qilish imkoni mavjud:

  • «Eng qiziqarli ma’lumotlar»;
  • «Tarix saboqlari»;
  • «Buyuk insonlar hayoti»;
  • «Shaxsiy rivojlanish»;
  • «Texnologiyalar haqida»;
  • «Nima uchun kitob o‘qish kerak» va boshqalar.

Multfilmlarning asosiy maqsadi — yosh avlodni kelajakda muvaffaqiyatga erishish va o‘z ustida ishlashga chaqirishdan iborat bo‘lib, unda ota-onalar, jamiyat va o‘qituvchilarimizning rolini yanada oshirishdir.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Edu Kidsning qiziqarli multfilmlarini ITV platformasida ham tomosha qilish imkoni yaratilgani haqida xabar berilgan edi. 

Kanallarimizga ulaning va Edu Kids daydjestlarini ko‘ring:

EDU KIDS

ITSM

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring